Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga köra, soat 18:00da Toşkent şahrining 12 tumanida içimlik suvi ta’minoti qisman tiklangan.

Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlarida soat 16:55dan 17:25gaça suv ta’minoti töliq tiklangan.

Farğona viloyati Qöqon şahridagi «Mingtut» boş suv inşootiga elektr energiyasi berilib, Qöqon şahri aholisining içimlik suvi ta’minoti töliq tiklandi.

«Namangan suv ta’minoti» MÇJ tasarrufidagi «Qizilravot» va «Kuraşxona» suv oliş va uzatiş inşootlarida elektr energiyasi berilib, içimlik suvi ta’minoti tiklanmoqda.

«Damxöja suv ta’minoti» MÇJ suv işlab çiqariş inşootidagi barça nasoslar işga tuşirilib, suv ta’minoti töliq tiklandi.

Andijon va Xonobod tumanlarida içimlik suvi ta’minoti uzilmagan.

Şuningdek, içimlik suvi ta’minoti töliq tiklangan hududlar:

  • Buxoro viloyatining Olot, Vobkent, Qorovulbozor, Qoraköl, Peşko‘ (Çelangu suv inşootidan), Romitan tumanlari;
  • Jizzax viloyatining Baxmal, Ğallaorol tumani;
  • Navoiy viloyatining Ğazğon, Konimex, Navbahor, Nurota, Karmana tumanlari;
  • Samarqand viloyatining Samarqand şahri;
  • Surxondaryo viloyati Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
  • Sirdaryo viloyatining Guliston, Yangiyer, Boyovut, Guliston, Sayhunobod, Mirzoobod, Xovos tumanlari;
  • Toşkent viloyatining Angren, Olmaliq, Çirçiq, Ohangaron, Bekobod şaharlari. Böstonliq, Parkent, Yuqori Çirçiq, Qibray tumanlari;
  • Farğona viloyatining Farğona şahri, Danğara tumani;
  • Xorazm viloyatining Urganç va Yangibozor tumanlaridan boşqa barça hududlari.

Vazirlik matbuot xizmati yaqin soatlarda Toşkent şahri töliq içimlik suvi bilan ta’minlaşini ma’lum qildi.                      

Şuningdek, vazirlik aholi va taşkilotlar mutasaddilarini xonadon va binolardagi issiqlik tizimi va suv qurilmalariga e’tiborli böliş hamda tizim işga tuşayotgani bois oçiq qolgan jömraklardan suv oqişining oldini olişga çaqirmoqda.