«Qozoğiston Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi Qozoğiston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri örinbosari Ahmadjon Primqulov va «Operator ROP» boşqaruvi raisi Medet Qumargaliyevning hibsga olinganini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.
Ular «korrupsiya jinoyatlarini sodir etişda» gumon qilinmoqda, ikkalasi ham mamlakat poytaxtidagi vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirildi.
Ilgariroq «Operator ROP»ning qayta işlaş (utilizatsiya) yiğimi hisobiga yaratilgan aktivlari davlat mulkiga ötkazilgani xabar qilingan. Ba’zi ma’lumotlarga köra, «Operator ROP»ning birinçi ta’sisçisi Qozoğiston birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya hisoblanadi.
Avvalroq prezident Qosim-Jömart Töqayev Qozoğistonda utilizatsiya yiğimini töxtatiş haqida körsatma bergan edi.
«Tadbirkorlar va umuman jamiyatda «Operator ROP»deb nomlangan kompaniya faoliyati köplab savollar tuğdirmoqda. Şu darajaga yetdiki, bu xususiy şirkatga qarşi qandaydir jamoat harakati taşkil qilingan. Hukumatga «Operator ROP» tomonidan utilizatsiya yiğimi undirilişini tugatiş çoralarini körişni topşiraman. Buni xorijiy davlatlarda bölgani kabi davlat taşkiloti qilişi kerak», — dedi Töqayev parlament majlisida.
Utilizatsiya yiğimi tölangan «Operator ROP» kompaniyasi 2015 yilda paydo bölgan. Xususiy kompaniya tomonidan qayta işlaş uçun olinadigan yiğim miqdori 1 mingdan 9 ming dollargaça bölgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, «Operator ROP» olingan mablağlarni çiqindilarni yiğiş, qayta işlaş va yöq qiliş uçun zarur bölgan infratuzilmani yaratişga yönaltiradi.
Aliya Nazarboyeva monopolist kompaniya tomonidan olinadigan qayta işlaş yiğimiga aloqadorligi haqidagi xabarlarga oçiq izoh bermagan, biroq OAV «Operator ROP» kompaniyasi Qozoğiston sobiq prezidentining kenja qizi bilan boğliqligi haqida yozgan.
2020 yil boşidagi holatga köra, uç yil davomida «Operator ROP» hisob raqamlariga 220 milliard tenge kelib tuşgan. Xarajatlarning eng katta bandi - «avtosanoatni rağbatlantiriş» bölib, unga 75 milliard tenge yönaltirilgan. Olti yil davomida köplab avtomobil egalari joriy qilingan utilizatsiya yiğimiga qarşi çiqqan va 2021 yilda #NetUtilsboru harakati boşlangan.


















