AQŞning Ukrainadagi elçixonasi Amerika fuqarolarini mamlakatdan çiqib ketişga çaqirdi. Diplomatik missiya saytida şu haqda xabar berilgan.
«Ukrainada xavfsizlik bilan boğliq vaziyat, Rossiya tomonidan harakatlar xavfi ösib borayotgani inobatga olinsa, oldindan aytib bölmaydigan darajada qolmoqda va kelgusida vaziyat yanada yomonlaşişi mumkin. AQŞ elçixonasi Ukrainadagi AQŞ fuqarolarini Ukrainani ayni vaqtda, tijoriy yoki şaxsiy transportdan foydalangan holda tark etişga çaqiradi», deyiladi elçixona xabarida.
Elçixona ayni vaqtda Ukrainaning barça xalqaro aeroportlaridan uçib ketiş imkoniyati mavjudligini qayd etgan.
Bir neça kun muqaddam AQŞ Davlat departamenti Kiyevdagi elçixona xodimlarining bir qismi, şuningdek barça diplomatlarning oila a’zolari evakuatsiya qilinişi haqida xabar bergandi. Bundan taşqari, Davlat departamenti AQŞ fuqarolarini Ukrainaga safar qilişdan tiyilişga çaqirgandi.
- Rossiya 2021 yil bahoridan buyon harbiylarni Ukraina çegaralari yaqinida töplamoqda. Ğarbdagilar bu yaqin vaqt içida qöşni mamlakat hududiga harbiy bosqin bilan yakunlanişi mumkinligini kutişmoqda.
- Mintaqada vaziyat keskinlaşişi fonida Ğarb Rossiyaga qat’iy sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda, NATO davlatlari Şarqiy Yevropaga qöşimça kuç taşlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.
- Rossiyadagilar Ukrainaga hujum qilmoqçi emasliklarini aytib kelişadi. Şu bilan birga, rasmiy Kiyevni Donbassga bostirib kirişga tayyorgarlik körişda ayblaşadi. 26 yanvar kuni «Yedinaya Rossiya» rahbariyati Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tan olinmagan DXR va LXR respublikalarini qurol-yaroğ bilan ta’minlaşni boşlaşga çaqirdi.


















