“Faoliyatimda bunaqa katta ko‘lamli o‘chish bo‘lmagan” - dispetcher
Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi dispetcheri Pavel Sidelnikov poytaxtda elektr ta’minotini tiklash jarayonlari qay tarzda olib borilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
25 yanvarda ro‘y bergan blekautdan keyin O‘zbekistonda energotizim qariyb iziga tushdi. Kun.uz muxbiri o‘sha kuni ta’minotni tiklash ishlari avj sur’atda olib borilayotgan vaqt – kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasida bo‘ldi.
Dispetcher Pavel Sidelnikov biz bilan suhbatda bunday katta masshtabdagi avariya uning faoliyatida ilk marta bo‘lganini aytdi.
“Mening faoliyatimda bunday katta ko‘lamli o‘chish bo‘lmagan. Elektr uzatuvchi qurilmalar zaxira manbalarisiz qoldi. Hozir shu zaxira qurilmalarini ishga tushirish uchun vaqtimiz ketyapti. Aynan shu tufayli uzilishlardan keyin tiklanish biroz cho‘ziladi”, – dedi u.
Dispetcherning aytishicha, birinchi navbatda o‘ta muhim obektlar – kasalxonalar, shuningdek, Senat va Prezident Administratsiyasi kabi oliy hokimiyat idoralari elektr bilan ta’minlangan.
“Oson bo‘lmayapti, lekin imkonimiz boricha vaziyatdan chiqishga harakat qilyapmiz. Har xil odamlardan har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘lib turadi. Alohida kimnidir birinchi bo‘lib ulab berish degan narsa yo‘q. Biz ulasak, biror tumanda yashayotganlarning barchasini ulaymiz. Do‘q urishlar, qo‘rqitishlar ham bo‘lib turadi, biz, albatta, ruhiy tomondan bunga tayyormiz, odamlarga tushuntiramiz, va’da beramiz va ulab beramiz. Hatto ayrim odamlar ish joyimizga kelgan paytlar ham bo‘lgan – qo‘rqitishga urinishgan, u qilaman, bu qilaman, degandek. Biz bunday holatlardan ham chiqib ketganmiz. Vaziyatni tushuntirganmiz, keyin elektr berganmiz va yakunda ular bizga hatto tashakkur aytishgan.
Bizning ishda stresslarga chidamsiz xodimlar uzoq ishlolmaydi”, – deydi Pavel Sidelnikov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025
O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

16:13 / 14.03.2025