6 ta modda bo‘yicha ayblov, 5 jildlik jinoyat ishi - namanganlik “uchastkavoy”ning sudiga oid tafsilotlar
Ichki ishlar vaziriga murojaat qilganidan so‘ng qamoqqa olingan sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev ustidan sud ishi OAV va blogerlar tomonidan kuzatib borilmoqda. Jamoatchilik vakillarining sudda ishtirok etishlariga va jarayonni tasvirga olishlariga ruxsat bergan sudya hukm kuchga kirmaguncha tasvirlarni tarqatishni taqiqladi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/H1INHGzYAhJtfgGm3BlAIBFSiocufA5g.jpg)
Foto: Kun.uz
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida 13 yanvar kuni boshlangan sud ishida ayblanuvchi ayblov xulosasi va ish hujjatlari bilan tanish emasligi sababli 10 kunga tanaffus e’lon qilingandi. 24 yanvar kuni sud ishi davom ettirildi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/waQaEKmZFh6M-g4gVxdwpTGxwWnq6-gJ.jpg)
Sudlanuvchi jarayon ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar tomonidan to‘liq videotasvirga olib borilishini so‘rab, sud raisiga iltimosnoma kiritgan. Prokuror esa ish IIVga aloqadorligi, unda sohaga oid davlat sirlari ko‘rilishi mumkinligi vaji bilan ushbu iltimosnomani rad etishni so‘ragan. Sud maslahatlashuvdan so‘ng jarayonni videotasvirga olishga ruxsat bergan, faqat sudga ta’sir o‘tkazilishining oldini olish maqsadida hukm e’lon qilinmaguncha ushbu videotasvirlarni tarqatishni taqiqlagan.
25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatma bergan. Sud majlisida Sardorbek Otaboyev ularning ko‘rsatmalariga munosabat bildirgan va o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarning barchasini inkor etgan.
![](https://storage.kun.uz/source/8/JuobnW6x1AyMuiOL7TBlN6_zmM-Xcbky.jpg)
26 yanvar kuniga belgilangan sud majlisi 28 yanvarga qoldirilgan. Ishni ko‘rib chiqayotgan sudya – Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalov bu holatni jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchilar va Sardorbek Otaboyevning suddagi ko‘rsatmasida tilga olingan guvohlarni topishning imkoni bo‘lmagani bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahar prokuraturasi sobiq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 6ta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan. Prokuratura tomonidan sudga taqdim etilgan ayblov xulosasida Sardorbek Otaboyev Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 230-1-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari (O‘ta xavfli retsidivist tomonidan; uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan firibgarlik), 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mansab soxtakorligi), 238-moddasi 2-qismi (Yolg‘on guvohlik berish), 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) hamda 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyat ishi hujjatlari 5 jildga jamlangan.
Kun.uz jamoatchilik diqqat-markazida turgan ushbu sud jarayonini yoritib boradi. Sud jarayoni bo‘yicha videomaterial hukm kuchga kirganidan so‘ng e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 00:21
-
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Jahon | 00:09
-
AQSh vitse-prezidenti Zelenskiyga Trampni tanqid qilmaslikni maslahat berdi
Jahon | 23:49 / 19.02.2025
-
Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Jahon | 23:11 / 19.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/MXtLAbUqmlXIIqG2yFV99ib5KRfRsXY1_medium.jpg)
17:49 / 06.12.2024
Oliy sud: 10 oyda 4 934 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/ZY3wxvvuleJ28lFSIUFoZ9gOeqAV35o1_medium.jpg)
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/P5UZ3jZWgckUqGChw48WdaQ2DY_-mujp_medium.jpg)
13:53 / 28.11.2024
Yangiyo‘lda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/XB90YTAEocNar-5OhoxZhGgEB-5pD8NH_medium.jpg)
17:48 / 22.11.2024