Jamiyat | 17:09 / 30.01.2022
29236
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hayvonot bog‘ida ayol 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani videosi paydo bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichik qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolavha tarqaldi.

Videoda bola ehtiyotsizlik oqibatida emas, chindan ham qasddan yirqich hayvon saqlanadigan joyga tashlab yuborilgani, hayvonot bog‘ini aylanib yurgan odamlar ayolni bu ishdan qaytarishga uringani, ammo ular yordamga kech qolgani ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni soat yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

«Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi», – deyiladi xabarda.

Keyinroq uch yoshli qiz o‘z onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlab yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Ayol qo‘lga olingan.

29 yanvar kuni SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018 yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

«U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid