Qayd etilişiça, kasalxonaga olib kelinişi bilan qizça Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi bölimiga joylangan va u yerda tinimsiz şifokorlar nazorati ostida böldi. U yerda bir kunini ötkazgan 3 yoşli qizça intensiv terapiya xonasiga ötkazildi.

«Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turğun deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat körigi ötkazildi. Qizaloq kelajakda uşbu hodisa asoratlaridan aziyat çekmasligi uçun biz bor imkoniyatlarni işga solyapmiz», – dedi davolovçi şifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Nasimov.

«Qizaloqning kayfiyati yaxşi, u hamşiralarga şe’rlar aytib, ularning könglini kötarmoqda, biz esa, öz navbatida, uni sovğalar bilan quvontirdik. Qöşimça ravişda, qizaloq va uning akasiga Toşkent hayvonot boğiga bir umr bepul kiriş imkoniyatini ta’minlaşga qaror qildik», deyiladi Toşkent hayvonot boği xabarida.

Avvalroq, Toşkent hayvonot boğida ayol kişi uç yoşli qizçasini ayiq qafasiga taşlab yuborgani aks etgan video tarqalgandi. Unda bola ehtiyotsizlik oqibatida emas, çindan ham qasddan yirtqiç hayvon saqlanadigan joyga taşlab yuborilgani, hayvonot boğini aylanib yurgan odamlar ayolni bu işdan qaytarişga uringani, ammo ular yordamga keç qolgani körinadi.