Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rotterdamdagi 140 yillik ko‘prik Jyeff Bezosning yaxtasi o‘tishi uchun qisman buziladi
Yaxtani qurgan golland kompaniyasi loyihalash vaqtida ko‘prikning o‘lchamlarini hisobga olmagan. Natijada yaxta Koningsxeven ko‘prigidan balandroq bo‘lib qolgan.
Rotterdam shahri hokimiyati milliarder Jyeff Bezosning yangi yaxtasi daryodan o‘tishi uchun Koningsxeven ko‘prigini qisman buzishga qaror qildi. Bu haqda MarketWatch nashri yozmoqda.
1878 yilda qurilgan bu ko‘prik 1940 yildagi bombardimonlar chog‘ida vayron bo‘lgandi. U 2017 yilda dastlabki ko‘rinishida tiklangan.
Ammo endilikda Bezosning balandligi 40 metrli yaxtasi o‘tishi uchun ko‘prikni qisman buzishga to‘g‘ri keladi. Yaxtani qurgan golland kompaniyasi loyihalash vaqtida ko‘prikning o‘lchamlarini hisobga olmagan. Natijada yaxta Koningsxeven ko‘prigidan balandroq bo‘lib qolgan va uni olib chiqish uchun bir nechta yechim taklif qilingan.
Birinchi taklifga ko‘ra, yaxtani chala bitkazib, uni boshqa joyga olib o‘tish va qurish mo‘ljallangan. Ikkinchi yo‘l esa tayyor yaxtani olib o‘tish uchun ko‘prikni qisman buzish taklifidir.
Bezos Rotterdam shahri hokimiyatiga mazkur ishlar uchun ketadigan barcha xarajatlarni qoplashini bildirgan.
Mavzuga oid
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
18:40 / 05.02.2025
Jyeff Bezos Trampning g‘azabini keltirmaslik uchun iqlim bo‘yicha tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatdi
17:19 / 16.01.2025