1 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi hamda ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qilindi.
Taşabbuskorlarning ma’lum qilişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga olib qöyiş masalalarini bevosita yaxlit qonun bilan tartibga solişga, nizoli vaziyatlarni oldini oliş va sohadagi nizolarni samarali hal etişga xizmat qiladi.
“Snos”lar şu paytgaça Özbekistonda mulk huquqi buzilişlarining ramziga aylanib ketgan, nizoli holatlar faqatgina hukumat qarorlari darajasida tartibga solingan edi.
Qonun loyihasi qanday muhokama qilindi?
Qonunçilik palatasi yiğilişida qonun loyihasidagi yer uçastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişiga asos böladigan holatlar içida “maxsus iqtisodiy zonalar taşkil etiş uçun” degan bandiga e’tiroz bildirildi.
Deputat Doniyor Ğaniyev Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona ekanini inobatga olib, bu hududda qonun qay tartibda işlaşiga e’tibor qaratdi.
Adliya vazirligi vakili bu norma qonun kuçga kirganidan keyin paydo böladigan iqtisodiy zonalarga taalluqli bölişini aytgan bölsa, boşqa deputatlar yer uçastkalari iqtisodiy zonalar uçun töğridan töğri olib qöyilmasligini, bu kompensatsiya tölaşdan tortib jamoatçilik aralaşuviga qadar uzun jarayonligini bildirdi.
Şuningdek, deputatlarning taklifi bilan qonun loyihasida yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişida “olib qöyilgan yer uçastkasidan maqsadli foydalanişi” degan prinsip çiqarib taşlandi.
Deputatlar tomonidan berilgan savollardan biri – Kadastr agentligi tizimidagi Kadastr palatasini moliyalaştiriş masalasi böldi. Gap şundaki, loyihada Kadastr palatasi xodimlari “snos”ga tuşgan hududga çiqib inventarizatsiya asosida ma’lumot tayyorlaşi belgilanmoqda. Lekin palata xodimlarini joyga çiqib ma’lumot tayyorlaşi qayerdan moliyalaştirilişi oçiq qolmoqda. Adliya vaziri örinbosari kadastr palatasi xodimlari budjetdan moliyalaştiriladi, degan bölsa, Kadastr agentligi vakili xöjalik hisobidan deya javob berdi.


















