"Tolibon" yanvar boşlarida Qozoğistonda yuz bergan tartibsizliklarda harakat jangarilari iştirok etgan bölişi mumkinligi töğrisidagi ayblovlarni rad etadi. Bu haqda Afğoniston vaqtinçalik hukumatining axborot va madaniyat vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid öz Twitter sahifasida yozdi.
"Qator OAV Qozoğistondagi tartibsizliklarda ayrim afğonistonliklar ham iştirok etgani töğrisida rossiyalik rasmiy şaxslardan iqtibos keltirmoqda. Biz bunday ta’kidlarni qat’iyan rad etamiz. "Afğoniston islom amirligi" heç kimga boşqa davlatlarga zarar yetkaziş yoki işlariga aralaşiş uçun Afğoniston hududidan foydalanişiga yöl qöymaydi va buning heç qanday isboti yöq", - deb yozdi u.
Şu bilan birga, Mujohid toliblar avval-boşdanoq "Qozoğistondagi muammolarni oqilona va tinç yöl bilan hal etişga çaqirgan"ini eslatib ötdi.
Uning ta’kidlaşiça, "Afğoniston hududidan boşqa mamlakatlarga nisbatan heç qanday tahdid bölmaydi".
10 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Qozoğistondagi tartibsizliklarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Afğoniston hamda Yaqin Şarq davlatlaridan jangarilar qatnaşganini aytgandi.
31 yanvar kuni Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiya bu masalada qozoğistonlik hamkorlariga töliq işonişini ta’kidlagan.


















