Xitoylik olimlar S vitaminini iste’mol qiliş va saraton kasalligining turli şakllari rivojlanişi orasidagi boğliqlik töğrisidagi 3562ta ilmiy işni örganib çiqdi. Ularning xulosasiga köra, S vitaminini iste’mol qiliş saratonning 11 turi rivojlanişi xavfini kamaytiradi.
Qayd etilişiça, S vitamini siydik pufagi, baçadon, oşqozon, qizilöngaç, öpka, oşqozonosti bezi, prostata, buyrak saratonlari, glioma rivojlanişi xavfini sezilarli darajada pasaytiradi.
Maqola mualliflari kuniga kamida 200 mg askorbin kislotasini iste’mol qilişni tavsiya etişgan.
Şu bilan birga, olimlar S vitaminining manbai meva va sabzavotlar ekanligini ta’kidlagan. Ularning yozişiça, meva-sabzavotlardagi boşqa foydali moddalar S vitamini bilan birgalikda turli ösmalarga qarşi ta’sir körsatadi.

















