Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan
2021 yilda Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 38 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, ular vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images
Kengash ma’lumotiga ko‘ra, vazifasidan ozod etilgan 38 nafar sudyadan 19 nafari sudyalik qasamyodi va “Sudyalar odobi kodeksi” talablarini buzgani uchun, 8 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, 8 nafari boshqa ishga o‘tgani uchun, 3 nafari esa vafot etgani munosabati bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Shuningdek, 2021 yilda 220 nafar sudya boshqa turdagi intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Kengashning ma’lum qilishicha, 2022 yildan boshlab tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali sudyalarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyalar haqida muntazam ochiq axborot berib boriladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning 3 fevral kuni bir qator sudyalar yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va mas’uliyatsizligi uchun intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Jumladan, kengash qarori bilan:
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining sudyalari A.Bahromov va H.Saidov;
- Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi F.Murodov;
- jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sud sudyasi Sh.Amirov;
- jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi A.Jabborov;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudi sudyasi Sh.Abdijyemilova;
- jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi sudyalari I.Kalniyazov va M.Bekimbetov;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudi sudyasi D.Shomatova;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi J.Bobonazarov intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
-
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekiston | 19:58
Mavzuga oid

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

15:25 / 02.06.2025