O‘zbekiston | 16:56 / 08.02.2022
16357
1 daqiqa o‘qiladi

Xavfsizlik kengashi kotibiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tal’at Valiyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bu lavozimda Bobur Shoyoqubov o‘rnini egalladi.

Foto: Nigoh Telegram-kanali

Tal’at Shuhratovich Valiyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram-kanali xabar berdi.

Yanvar oyi oxirida Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bobur Ahmadjonovich Shoyoqubov lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid