"Özbekiston Jinoyat–protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Jinoyat–protsessual kodeksga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, işning ayrim holatlarini inobatga olib, söroq qiliş jarayoni va natijalari ovoz yoziş va videoyozuvdan foydalangan holda soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirilişi mumkin. Bunda ovoz yoziş va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinişi şart.
Söroq qiliş jarayoni va natijalari soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirilgan hollarda yuqoridagi asoslarga köra, söroq qilinuvçining körsatuvlari qayd etilgan ovoz yoziş va videoyozuv namoyiş etilişi mumkin.
Söroq jarayonida suriştiruvçi, tergovçi va sud, şuningdek sud muhokamasida taraflar işga qöşib qöyilgan yoki taraflar ixtiyorida bölgan narsalar va hujjatlarni söroq qilinuvçiga körsatişlari, şuningdek bu hujjatlarni öqib eşittirişlari, audio- va videoyozuvlar eşittirilişi (namoyiş etilişi) mumkin.
Söroq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat körsatilganligi, hujjat matnining yoki tergov harakatining bayonnomasining qaysi qismi va uning kim tomonidan öqib eşittirilganligi, narsa, hujjat yoki bayonnomani körsatiş, audio- va videoyozuvlar eşittirilişi (namoyiş etilişi) vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban söroq qilinuvçi qanday körsatuvlar berganligi aniq aks ettirilişi kerak.
Kodeks söroq jarayoni va natijalarini soddalaştirilgan tartibda qayd qiliş haqidagi 106-1-modda bilan töldiriladi.
Söroq jarayoni va natijalari ovoz yoziş va videoyozuvga qayd etilib, soddalaştirilgan tartibda qisqa bayonnoma tuziş orqali rasmiylaştirilişi mumkin.
Bayonnomada söroq qilingan sana va joy, tergov harakatining boşlaniş va tugaş vaqti, tergov organining nomi, tergov harakati iştirokçilari töğrisidagi ma’lumotlar, ovoz yoziş va videoyozuv vositalaridan foydalanganligi töğrisidagi ma’lumotlar, videoni öz içiga olgan fayl nomi, körsatuvlarning umumiy mazmuni, işda iştirok etuvçi şaxslar tomonidan dalil sifatida taqdim etilgan qöşimça materiallar işga qöşilganligi töğrisidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Bayonnoma söroq qilgan şaxs hamda protsess iştirokçilari tomonidan imzolanadi, ovoz yoziş va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinişi şart. Söroq qilinuvçi yoki taraflarning iltimosiga köra bayonnomaga imzo qöyilguniga qadar yozilgan ovoz va videoyozuv namoyiş qilinişi mumkin.

















