Özbekiston boş vaziri örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov 2021 yildagi vaksinatsiya jarayonlari uçun ajratilgan mablağ yuzasidan hisobot berdi.

“Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş tadbirlari uçun 224 million dollar ajratildi, bu qariyb 32 million doza vaksinaga yetadigan mablağdir”, – dedi Qöçqorov 26 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida.

2020 yil oxirida moliya vaziri Timur Işmetov 2021 yilda koronavirusga qarşi kuraşiş tadbirlari va vaksina sotib oliş xarajatlari uçun 3 trillion söm ajratilişini aytgandi.

Biroq 2021 yilgi Davlat budjeti töğrisidagi qonunda koronavirusga qarşi kuraş tadbirlari va vaksina xarid qiliş uçun 4 trillion 266 mln söm (qariyb 395 million dollar) ajratilişi közda tutilgan. Demak, 2021 yilda budjet qonuniga kiritilgan (hammasi bölib 3 marta xarajatlar oşirildi) özgartirişlardan keyin koronavirus tadbirlari uçun mablağ rejasi özgargan.

Körinadiki, 2021 yildagi koronavirusga qarşi kuraşiş tadbirlari uçun ajratilgan mablağning 56 foizi aholini emlaşga sarflangan bölişi mumkin.