«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 8 fevraldan 9 fevralga ötar keçasi viloyatlarga tungi soat 00:00 dan ertalab soat 05:00 gaça çeklovlar kiritilişi sababli Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida elektr ta’minoti töxtatilişi töğrisida tarqalgan xabarlar notöğriligini ma’lum qildi.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi Milliy dispetçerlik markazining ma’lum qilişiça, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini 500 kV kuçlanişli elektr tarmoğiga tutaş qismida ta’mirlaş işlari olib borilayotganidan foydalanib, uşbu havo tarmoğida ayrim ta’mirlaş işlari (eski rusumdagi izolyatorlarni yangi, zamonaviy izolyatorlarga almaştiriş) işlari olib boriladi. Biroq mazkur havo tarmoğining ta’mirga çiqarilişi Farğona vodiysi iste’molçilarining elektr ta’minotiga ta’sir körsatmaydi», deyiladi AJ matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilişiça, yuqori kuçlanişli havo tarmoqlari özaro halqalangani bois Farğona vodiysi iste’molçilariga boşqa yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi.

«Ta’mirga çiqarilgan tarmoqning yuklamasi boşqa yuqori kuçlanişli tarmoqqa tuşişi oqibatida çeklovlar kiritilmasligi uçun (!) uşbu ta’mirlaş-tiklaş işlari elektr ta’minoti tunning keskin kamaygan paytida, ya’ni yarim tunda amalga oşiriladi», deya ta’kidlangan xabarda.

Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlari iste’molçilarining elektr energiyasi ta’minoti işonçliligini yanada oşiriş maqsadida 500 kVli elektr uzatiş tarmoği hafta davomida, tunda ta’mirlanişi rejalaştirilgan.

«Uşbu işlar tunda soat 00:00 dan 04:00 gaça (4 soat muddatda) 70 metr balandlikda olib borilişini, bunda iste’molçilarning elektr ta’minotida uziliş sezilmasligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli iste’molçilar, uşbu rejalaştirilgan ta’mirlaş işlari yomğirli ob-havo bölganligi sababli, 8-9 fevral kunlari amalga oşirilmaydi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. 

Xabarda aytilişiça, ta’mirlaş işlari amalga oşirilişidan avval iste’molçilar bundan xabardor qilinadi.

UPD: Avvalroq Kun.uz «Andijon HeTK» AJ matbuot xizmati xabariga