Yangi tuğilgan bolasini köçaga taşlab ketgan onaga jinoyat işi oçildi

Qoraqalpoğiston IIV tergov boşqarmasi boşliği örinbosari Ğofurjon Saliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 8 fevral kuni tungi soat 03:00da Nukus şahar tergov boşqarmasiga çaqaloq köçaga taşlab ketilgani haqida xabar kelib tuşgan.

Ğofurjon Saliyev

Murojaatga asosan tezkor guruh voqea yuz bergan Böston köçasi 72-uyga yetib borgan. Çindan ham yangi tuğilgan çaqaloq Böston köçasidagi uylarning biri qarşisiga taşlab ketilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan çaqaloqning onasiga Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-bölimi bilan jinoyat işi oçilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ğofurjon Saliyev çaqaloqning hayotini saqlab qolgan şifokorlardan bolakayning holati haqida surat va videolarni ijtimoiy tarmoqqa tarqatmaslikni söradi. Uning qöşimça qilişiça, bu holat hamşira va şifokorlarning tegişli tartibda javobgarlikka tortilişiga sabab bölişi mumkin.

Çaqaloqning ahvoli oğirligiça qolmoqda

Gulzar Qalimbetova

Respublika hududiy perinatal markazi direktori örinbosari Gulzar Qalimbetovaning aytişiça, çaqaloq olib kelinişi bilan unga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Bolakay köçada sovuqda qolib ketgani uçun gipotermiyaning oğir darajasi qayt etilgan.

"Hozirda çaqaloqning holati nisbatan yaxşilangan. Biroq tibbiy jihatdan oğir, dinamik turğunlaşgan deb baholanmoqda. Bolaga öz onasining suti berilmoqda. Uning tana harorati 36,5 darajadan 37,5 daraja atrofida mö’tadillaşgan. Çaqaloqqa barça tibbiy muolajalar körsatilmoqda", deydi Gulzar Qalimbetova.

Çaqaloqning onasi topildi. Fuqarolar şifokorlar işiga xalaqit qilişmoqda