Haydovchining intizomiga qarab, uni o‘qitgan avtomaktab faoliyatiga baho beriladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, bundan buyon haydovchining intizomiga qarab, uni o‘qitgan avtomaktab faoliyatiga ham baho beriladi. Viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirildi.
“ Raqamlashtirish – yo‘l harakatini boshqarishning eng to‘g‘ri yechimi. Afsuski, na poytaxtda, na hududlarda raqamlashtirish borasida birorta namuna qilib ko‘rsatadigan joy yo‘q. Borini ham eplab ishlata olmayapti”, dedi prezident.
Shu bilan birga, Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjud. Boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yo‘q.
“Harakat xavfsizligini raqamlashtirish bo‘yicha Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yuzaga kelgan muammolarni o‘zim qattiq nazoratga olganimdan keyin hokimlar va ichki ishlar boshliqlari harakatni boshladi.
Ushbu hududlar ichki ishlar boshliqlari 1 iyulgacha keskin o‘zgarish qilmasa, ularga nisbatan qat’iy chora ko‘raman. Boshqa hokimlar ham xulosa qilib, batafsil hisobot beradi”, dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi

14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi

14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident

08:25 / 12.07.2024