Komil Allamjonov yo‘llarda tartib bo‘lishi uchun 3 ta asosiy masalaga e’tibor qaratish kerakligini aytdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov yo‘llarda tartib bo‘lishi uchun 3 ta asosiy masalaga e’tibor qaratish kerakligini ma’lum qildi.
“Birinchidan, yo‘l infratuzilmasini butunlay takomillashtirish, jamoat transportlari qatnovini yaxshilash, yo‘llarda ayniqsa, piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilishi kerak.
Ikkinchidan, yo‘llardagi nazorat tizimini to‘liq raqamlashtirish lozim. Yo‘l qoidasini buzganlik uchun, ayniqsa, mast holatda avtomobil boshqarayotganlar uchun javobgarlikni keskinlashtirishni qonunchilikka kiritish, nafaqat haydovchilar, balki ularni nazorat qiluvchi xodimlarning ham mas’uliyatini oshirish shart. Yo‘llardagi kelishuvlarda har ikki tomon birdek javobgar bo‘lsin.
Uchinchidan, o‘qitish, imtihon tizimlarini tubdan isloh qilib, inson omilini imtihondan butunlay olib tashlash va shu tizimda nazoratni keskin kuchaytirish kerak”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Bildirilishicha, ushbu masala bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun nodavlat tashkilotini tuzish va unga faollar, soha mutaxassislarini jalb etish mo‘ljallanmoqda.
“Tez orada bu borada bir qarorga kelamiz”, deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.
Avvalroq, O‘zbekistondagi birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan imtihon markazi asoschisi Komil Allamjonov haydovchilik guvohnomasini olishning yangi tartibi yuzasidan murojaat bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
19:15 / 23.11.2024
DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
16:18 / 28.10.2024