Afğonistonda yanvar oyida qurolli şaxslar tomonidan qölga olingan huquq faoli Tamanno Zaryabi Pariyaniy ozodlikka çiqqan. Bu ma’lumotni BBC’ning ikki manbasi tasdiqlagan.

Faolning soğligi borasida ma’lumot yöq.

Yanvar oyi örtalarida Tamanno va yana bir neça ön ayol norozilik aksiyasi uyuştirişgan, ular işlaş va ta’lim oliş huquqi qaytarilişini talab etişgandi. «Tolibon» jangarilari ularga közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan, ayrim iştirokçilarning guvohlik berişiça, elektroşokerlardan foydalanilgan.

Namoyişlardan keyin ayollar uylariga qaytişgan. Ayrimlar yöl böylab özlarini ta’qib qilişganidan xavotir bildirişgan.

19 yanvar kuni keçqurun Kobulda Tamanno Pariyaniy yaşaydigan kvartira joylaşgan uyga qurolli odamlar bostirib kirgan. Ayol uyda öz singillari bilan bölgan. Bosqinçilar eşikni tepa boşlagan.

«Iltimos, yordam bering, uyimga toliblar kelişdi, uyda faqat singillarim bor», deya ötinadi Tamana ijtimoiy tarmoqqa joylaştirgan videosida. U eşik ortida turganlardan ertaga kelişni söraydi: «Siz bu yerga kirmasligingiz kerak! Ertaga keling, öşanda gaplaşamiz. Keç böldi, bunday vaqtda qizlar bilan gaplaşişingiz mumkin emas!»

«Yordam bering, menikiga «Talibon»! - keldi deya baqiradi u ikkinçi videoyozuvda.

Faolning qöşnilari BBC korrespondenti Kventin Sommervillga Pariyaniy va ikki singlisini qayergadir olib ketişgani va şundan keyin ularni heç kim körmagani haqida aytişgan. Guvohlar faqat ularni «qurolli odamlar» olib ketgani haqida ma’lumot berişgan.

Tamana Pariyaniy olib ketilgan kuni faqat unikiga kelişmagan. Yana bir huquq faoli bölgan ayol - Parvona Ibrohimgel ham yöqolib qolgan.

Ammo toliblar ularni harakat vakillari olib ketişganini inkor etgan.

BBC uçun intervyuda «Tolibon» vakili, harakatning BMTdagi elçisi bölişga umid qilayotgan Suhay Şahin şunday degan: «Agar toliblar uni hibsga olişganida, bu hibs haqida rasman ma’lum qilingan bölardi. Agar bunday ayblovlar qöyilsa, toliblar sudga boradi va öz nomini himoya qiladi. Bu qonuniy harakat, ammo agar ayollar hibsga olinmagan bölsa, ular şunday soxta sahna körinişlari va filmlar orqali xorijdan boşpana olişga harakat qilayotgan böladi».

Toliblar hokimiyatga kelgaç, Afğoniston ayollar ta’lim olişi rasman çeklangan dunyodagi yagona mamlakatga aylandi. Bu esa xalqaro darajada tan oliniş va sanksiyalar bekor bölişi uçun asosiy tösiqlardan biri bölib turibdi. Şu tufayli doimiy ravişda ayollar namoyişlari ötkazilmoqda va ular öz huquqlari ta’minlanişini talab etişmoqda, bu esa toliblar uçun jiddiy muammo bölib qolmoqda.