Şimoliy Farğona kanaliga tuşib ketgan avtomobil maxsus texnika yordamida kanaldan olib çiqilgan. Bu haqda Namangan viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Namangan şahar, “Ğunça” MFY hududida “Nexia-2” rusumli transport vositasida harakatlanayotgan haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtomobil uşbu mahalla hududidan oqib ötuvçi Şimoliy Farğona kanaliga tuşib ketgan.

Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati

Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVB xodimlari yetib kelib, transport vositasi maxsus texnika yordamida kanaldan olib çiqilgan.

Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq.

YHXX axborot xizmatining ma’lum qilişiça, uşbu holat yuzasidan hududiy suriştiruv olib borilmoqda.