Qayd etilişiça, Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy boği yanvar oyida davlat inspektorlari tomonidan örganilgan.

“Örganiş jarayonida boğ hududida quriliş işlari olib borilişi uçun ajratilgan yer maydonidagi daraxtlar tadbirkor tomonidan kerakli hujjatlar rasmiylaştirmasdan noqonuniy ravişda boşqa joyga köçirilganligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan inspektorlar joyida bayonnoma rasmiylaştirib, tadbirkorga Ma’muriy kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 350 000 söm jarima hamda ösimlik dunyosiga 7 614 000 söm yetkazilgan zarar miqdori belgilanib, çora körilgan.

Eslatib ötamiz, Abdulla Qodiriy boği hududining bir qismi hukumatning yopiq qaror(lar)i bilan investorlarga sotib yuborilgan. Ular ayni paytda boğda quriliş işlarini olib bormoqda.

Quriliş korxonasi vakili Kun.uz bilan suhbatda daraxtlarni köçirib ötkaziş böyiça tegişli xususiy taşkilot bilan şartnoma qilingani, şartnomaga asosan u taşkilot köçirib ötkazilgan daraxtlar 2 yil davomida qurib qolmasligiga kafolat bergani, daraxtlar şu boğ hududiga qayta ekilganini aytgandi. 

Ekoboşqarma munosabatida, şuningdek, Kun.uz maqolasida tilga olingan Ğafur Ğulom boğining TTZ mavzesidagi filiali ta’mirlanayotgani aytilgan. Ekologiya qömitasi 2021 yilda bu boğ hududida ekologik aksiya ötkazgani qöşimça qilingan.

“Boğ hududidagi mavjud barça daraxtlar töliq xatlovdan ötkazilgan bölib, xavotirga örin yöqligini, uşbu hudud ekologlarning qat’iy nazorati ostiga olinganligini ma’lum qilamiz”, – demoqda Toşkentning ekologiya posbonlari.

Ta’kidlaş kerak, Kun.uz öz maqolasida bir neça yil oldin obod bölgan boğ hozir abgor holatga keltirib qöyilgani, boğning kelajagi noma’lum bölib turganini yozgan edi. Toşkent şahar hokimligi Kun.uz'ning bu boradagi murojaatiga javob bermadi.