Özbekiston Xitoyning BYD kompaniyasi bilan elektromobillar işlab çiqarişda hamkorlik qiladi. Bu haqda «Özavtosanoat» rahbari örinbosari Aziz Şukurov ma’lum qildi.

«Bugun biz Xitoyning eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçi BYD kompaniyasi bilan kelişuv imzolamoqdamiz. Elektromobillar kelajagiga dastlabki kadam», deb yozdi u Linkedin’dagi sahifasida.

Qayd etilişiça, tomonlar örtasidagi hamkorlik memorandumi 16 fevral kuni imzolangan.

BYD Co Ltd (Build Your Dreams) Xitoydagi eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçi kompaniya hisoblanadi. 2021 yilning 9 oyi davomida faqatgina Tesla BYD’ga qaraganda köproq elektromobillar işlab çiqargan.

Avvalroq, Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni maşinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan yiğilişda soha mutasaddilariga uç oy muddatda elektromobil tarmoğini rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş böyiça topşiriq bergandi. Bunda:

  • elektromobillar uçun butlovçi qism va materiallarni mahalliylaştiriş dasturini;
  • elektromobillar uçun texnik talab va zamonaviy standartlarni işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.

Şuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boşlaş yuzasidan körsatma ham berilgandi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda dekabrda qabul qilingan hukumat qarorida, “Özavtosanoat” AJ korxonalarini faqat elektromobil işlab çiqarişga ötkaziş konsepsiyasini işlab çiqiş belgilangan edi.

Undan avvalroq, 2018 yildagi qarorda 2020 yilgaça Buxoroda elektromobil işlab çiqarişni boşlaş közda tutilgandi. 2019 yildagi qarorda esa 2022 yildan boşlab Qöqonda elektromobil çiqariş boşlanişi belgilangan