O‘zbekiston | 12:05 / 17.02.2022
13583
2 daqiqa o‘qiladi
Urgut tumanida joylashgan oltin koni sotuvga qo‘yildi
Tog‘lar orasidagi jami 1 643 gektar yer auksionga chiqarilgan.
Urgut shahridan 35 kilometr uzoqlikda, Zarafshon-Hisor tog‘ tizmalarida joylashgan Qizilto‘riq oltin koni 23 milliard 651 million boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yilgan.
Mazkur oltin konini sotib oluvchilarga:
- Ishlab chiqarishda foydali komponentlarni ajratib olish koeffitsiyenti kamida 85 foizli texnologik reglamentni qo‘llashni nazarda tutish;
- Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlarga ijobiy xulosa olingandan so‘ng bir yil davomida investitsiya loyihasi doirasida 20 million dollardan kam bo‘lmagan investitsiyalarni jalb qilish;
- Loyihani amalga oshirish uchun 150 million dollar miqdorida investitsiya kiritish;
- Kondagi foydali qazilmalarni litsenziya berilgan sanadan boshlab 36 oy mobaynida qazib olish va qayta ishlashni boshlash, shuningdek yillik qazib olishni TIAda ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lmagan darajada amalga oshirishni ta’minlash;
- Qazish ishlari olib boriladigan viloyat va tumanda yashovchi aholi uchun TIAga muvofiq ish o‘rinlarini tashkil etish, bunda yaratiladigan ish o‘rinlarining soni 600tadan kam bo‘lmasligini ta’minlash talablari qo‘yilgan.
Ma’lum qilinishicha, sotuvga qo‘yilgan oltin konida qazish ishlari yerosti usulida olib boriladi. Sotuvga qo‘yilgan kon hududi dengiz sathidan 1000–1600 metr balandlikda, tog‘lar orasida joylashgan.
Mavzuga oid
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
10:06 / 19.09.2024
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
19:00 / 13.09.2024
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 21.08.2024