Xususan, Yangiyöl tumani hokimligi köprik qurilişi masalasida izoh berişiça, taşabbusda söralgan 100 mln söm mablağ pudratçilarni qiziqtirmagani sababli loyiha summasi hokimlik tomonidan oşirilgan holda tanlov uçun qayta e’lon beriladi.

“Tuman hokimligi tomonidan tanlov jarayonida pudratçilar tomonidan taklif bildirilmagani sabablari tahlil qilinganda fuqaro Ikrom Rixsiboyev tomonidan taklif qilingan 100 mln söm mablağga piyodalar ötişi uçun möljallangan köprik loyihasini amalga oşiriş imkoni yöqligi aniqlandi.

Hozirda uşbu köprikni mukammal ta’mirlaş uçun qaytadan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, talab etiladigan mablağga aniqlik kiritiladi hamda yetişmagan qismi mahalliy budjetning qöşimça mablağlari hisobidan ajratilgan holda loyihaning qisqa muddatda amalga oşirilişini ma’lum qilamiz” – deydi Yangiyöl hokimligi axborot xizmati.

Şuningdek, Gulistondagi holat böyiça Sirdaryo viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

Unda aytilişiça, loyihani amalga oşiriş uçun ajratilgan 500 mln söm mablağ Guliston tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga ötkazilgan hamda loyiha qisqa muddatlarda amalga oşirilişi ta’minlanadi.

“Bugungi kunda, Guliston tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan taşabbusda körsatilgan loyihani amalga oşiriş uçun “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minot filialidan texnik şart olingan bölib, Davlat xaridlari böyiça Tovar-xomaşyo birjasi elektron portaliga tanlov ötkaziş uçun e’lon joylaştirilgan. Loyiha qisqa muddatda “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunga muvofiq amalga oşirilişi ta’minlanadi”, – deyiladi Sirdaryo viloyati hokimligi axborotida.