«Zamonaviylaşgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovçi içki mexanizmlarga ega. Bu alohida şaxsga emas, tizim işlaşiga boğliq. Mexanizmlarning eng muhimlaridan biri — hokimiyatning uçta tarmoği içidagi bir-birini tiyib turiş tizimi, davlat boşqaruvi tizimini markazlaştiriş, xususiy mulk daxlsizligini, rivojlangan fuqarolik jamiyatini va qonun ustuvorligini talab etadi. Bugun Özbekiston çuqurroq, murakkabroq, fundamental özgarişlar bösağasida turibdi», - deya Safoyevning sözlarini keltirmoqda Yuksaliş harakati matbuot xizmati.

Tadbirning yana bir qatnaşçisi qozoğistonlik siyosatşunos Dosim Satpayev esa ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni bir qança sabablarga köra, ijobiy tendensiya deb atagan.

«Ijtimoiy tarmoqlar jamoatçilikning u yoki bu hodisalarni qizğin muhokama qiliş nuqtai nazardan «domino effekti»ni yaratadi. Fuqarolarning bunday faolligi bir neça sabablarga köra ijobiy tendensiya hisoblanadi.

Birinçidan, siyosiy madaniyat darajasi kötariladi, çunki muayyan muammoni hal qilişda iştirok etiş kuzatiladi.

Ikkinçidan, köpçilik jamiyatdagi muammolar haqida taşvişlana boşlaydi.

Uçinçidan, volontyorlar harakati köz öngimizda rivojlanadi, bu esa istiqboldagi fuqarolik jamiyatining asoslaridan biridir. Zero, qonun doirasidagi har qanday fuqarolik faoliyati içkaridan böladigan ijtimoiy tajovuzlardan yaxşiroqdir», - degan siyosatşunos.

Ma’lum qilinişiça, Markaziy Osiyo davlatlarining «aql markazlari» va fuqarolik jamiyati institutlaring vakillari iştirokida ötkazilgan tadbir «Yuksaliş» umummilliy harakati tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi kömagida ötkazilgan.