17 fevral kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Şerzod Hidoyatov köp qavatli uylar atrofidagi yer maydonlari töğrisida tez orada yangi qaror çiqişini ma’lum qildi.
“Hozirgi kunda qaror işlab çiqilmoqda. Unga köra, boşqaruv xizmat kompaniyalari taşkil qilinyapti, şuningdek, uy-joy hududlari mulklarini belgilab beriş masalasi körilmoqda. Köp qavatli uylar atrofidagi yer maydonlari bor, şu yer maydonlari kimniki degan savol tuğilmoqda. Hozirgi kunda uy-joy mulkdorlariga kadastr çegarasini aniqlab berib biriktiriş böyiça qaror loyihasi tayyorlangan, yaqin orada çiqadi. Uy-joy mulkdorlari kadastri belgilandi degani – bu joy qonunan ularniki degani. Ertaga u hududning içiga tuman, viloyat hokimi ham, tadbirkor ham öziça heç narsa qurolmaydi. Çunki u mulkdorlarning hududi bölib qoladi. Qaror uzoği bilan 2 oyda qabul qilinişi kutilmoqda,” — dedi vazir.
Şuningdek, Hidoyatov köp qavatli uylarning birinçi qavatida yaşovçi aholi tomonidan birinçi qavat egallab olinayotgani haqida gapirdi. Bu borada ham yangi tartib örnatilmoqda.
“Yana bir masala, noqonuniy qurilişlar. Köp qavatli uylar atrofida yoki içida noqonuniy qurilişlar köpayib ketdi, bundan hokimiyatning ham xabari bölmay qolyapti. Çunki hudud juda katta, hammasini körib ulgurmaydi. Ularga ham aholining özini jalb qiliş maqsadida noqonuniy qurilişlar borasida uy-joy inspeksiyasiga vakolatlar berilmoqda. Bilasiz, birinçi qavatni örab oliş juda keng tus olib ketgan: odamlar özboşimçalik bilan birinçi qavatni örab olib hovliga öxşab xohlagan işini qilyapti. Bunday qonunbuzilişlar uçun aholini töğridan töğri jarimaga tortib bölmaydi, çunki qonunan bu iş sudda körib çiqiladi, biroq sud tomonidan belgilanadigan jarima juda kamlik qilyapti. Bu aholiga ta’sir ham qilmayapti.
Hozirda töğridan töğri jarima beriş masalasi ham körib çiqilmoqda. Umid qilamanki, köp qavatli uylarda yaşovçi aholi birinçi qavat faqat ularniki emas, balki şu köp qavatli uyda yaşovçi barçaniki ekani, bu boradagi daxldorlikni his qiladi”, — dedi vazir.

















