Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Kattako‘rg‘on tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, tumanning «Qoradaryo» MFY Siplon qishlog‘ida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Ishtixon tumani «Ravot» MFYda yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan T.E. 1,5 mln so‘m evaziga marixuana giyohvandlik moddasini sotayotganda ushlangan.
T.E. bilan olib borilgan tushuntirish ishlari davomida, u o‘z ishidan pushaymonligini bildirib, yashash uyida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 3,5 kilogramm marixuanani o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.











