AQSh hukumatidagi yuqori martabali mansabdorlardan biri Rossiyaning qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Uning tasdiqlashicha, so‘nggi kunlarda chegara hududiga yana 7 ming harbiy olib kelingan. Rossiya mudofaa vazirligi ham qo‘shinlarni olib ketish haqida emas, mashg‘ulotlarning bir qismi yakunlangani haqida bayonot bergandi. Qolgan mashg‘ulotlar davom etmoqda, Donbassdagi otishmalar haqidagi xabarlar ortidan rubl kursi qulay boshladi.

Yana 7 ming harbiy
Anonim manba bir necha nashrlar jurnalistlari qarshisida shu ma’lumotni aytgan. Bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tahdidiga baho ilk bor shunday formatda berilishi emas. Manbaning ma’lum qilishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun yolg‘on bahonadan foydalanishi va bu «istalgan vaqtda» sodir bo‘lishi mumkin (Vashingtondagilar avval ham shu kabi prognozlar berishgandi).

AQSh prezidenti ma’muriyatidagi amaldorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda chegaraga yana 7 mingga yaqin harbiy xizmatchilar joylashtirilgan, ularning bir qismi chorshanba kuni kelgan. Reuters va Bloomberg agentliklari u bu so‘zlari uchun biror dalil keltirmaganiga e’tibor qaratgan.

Seshanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi vakili G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglar bo‘linmalari o‘z harbiy garnizonlariga qayta boshlashi haqida ma’lum qilgandi. Dushanba kuni harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi yakunlanayotgani haqida vazir Sergey Shoygu anons qilgandi. Rossiyalik harbiylar bu kontekstda Ukrainani tilga olmagan, ammo 2014 yilda bosib olingan Qrimni tark etayotgan harbiy texnikalar videosi namoyish etilgandi.

«Kecha Rossiya hukumati qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan ortga qaytarayotganini ma’lum qildi. Bu bayonot AQShda ham, butun dunyoda ham barchaning e’tiborini tortdi. Ammo endi biz bu haqiqat emasligini bilamiz», - deydi Axios portali muxbiri bilan suhbatda anonim manba. U Moskva faqat «so‘zda» diplomatiyaga tayyorligi, amalda «urushga tayyorlanishi»ni aytdi. Dushanba kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov diplomatiyani davom ettirish muhimligini qayd etgandi.

«Biz faqat aksini ko‘ryapmiz»
Bu borada ochiq bayonotlar ham berildi. «Rossiya nima demoqdayu, Rossiya nima qilmoqda. Biz hech qanaqasiga ularning harbiylari olib ketilayotganini kuzatmayapmiz. Biz hamon muhim bo‘linmalar chegara tomonga harakatlanayotganini ko‘rmoqdamiz, chegaradan ketayotganini emas», dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.