«Hududlarning jamoat transporti (avtobuslar) bilan ta’minlaniş darajasi juda past. Respublika böyiça har ming nafar aholi uçun örtaça 0,5ta avtobus töğri keladi. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda bu körsatkiç örtaça 2tani taşkil qiladi.
Qolaversa, hududlardagi yönalişli taksilar, ya’ni Damas avtomobillarini tartibga soliş zarur. Bugungi kunda yölovçilarning 72 foizi aynan uşbu transport vositasidan foydalanişga majbur bölmoqda. Eng açinarlisi, yöl-transport hodisalarining katta qismi Damas’lar iştirokida sodir bölmoqda. Masalan, 2021 yilda röy bergan yöl-transport hodisalarining 21 foizdan ortiği uşbu transport turi iştirokida röy bergan», deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senat raisi Özbekiston Respublikasini barqaror rivojlantiriş sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgaça bölgan davrda amalga oşirilişini nazorat qiliş böyiça Parlament komissiyasi majlisida yöl-transport hodisalari bilan boğliq masalalarni tanqid ostiga oldi. Tanzila Norboyeva 2019 yilgi yöl-transport hodisalari oqibatida fuqarolarning halok bölişi reytingida Özbekiston 179ta mamlakat orasida 117-örinni egallagani, halok böliş darajasi har 100 ming nafar fuqaroning 11,7 foizini taşkil etganini ta’kidladi.
“Birgina 2021 yilning özida 10 001ta yöl-transport hodisasi sodir etilişi va bu körsatkiç 2020 yilga nisbatan 43 foizga (6 982ta) ortgani insonni dahşatga soladi. Eng açinarlisi, yöl-transport hodisalari oqibatida fuqarolar ölimi darajasi yil sayin ortib borayotganini alohida qayd etiş joiz.
Xususan, 2019 yilda uşbu hodisalarga uçraganlarning 20,7 foizi halok bölgan bölsa, 2020 yilda ularning 23 foizi hamda 2021 yilda esa 21 foizi halok bölgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan Yöl harakati xavfsizligining holati töğrisida global hisobot tayyorlaş amaliyoti yölga qöyilgan. Uşbu hisobotda mamlakatlarning yöl-transport hodisasi oqibatida fuqarolarning halok bölişi reytingi aniqlanadi.
2019 yil reytingiga köra, 179ta mamlakat orasida Özbekiston 117-örinni egallab, respublikamizda halok böliş darajasi har 100 ming nafar fuqaroning 11,7 foizini taşkil etgan. Yevropa va Osiyo mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar körsatkiçiga e’tibor bersangiz, ularda bunday hodisa oqibatida halok böliş darajasi örtaça 2–6 foizni taşkil etmoqda. Vaholanki, bu mamlakatlarda aholi soni ham, avtomobillar soni ham bizdan bir neça baravar köp”, deb aytgan Senat raisi.

















