Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 fevral kuni Iştixon tumani IIB xodimlaridan biriga tuman markazida içki işlar xodimlarining maxsus formasini kiyib yurgan şaxsning xatti-harakatlari şubhali tuyulgan.

Xodim şubhali köringan şaxsning oldiga borib qayerda işlaşini söraganda, u Iştixon tumani IIBda işlaşini aytgan. Şundan söng xodim undan guvohnomasini körsatişni söraganda körsata olmagan. Şubhali şaxs tuman IIBga olib borilib tekşirilganda uning Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşaşi va içki işlar tizimida işlamasligi aniqlangan.

Dastlabki suriştiruvda, uşbu şaxs içki işlar xodimlarining maxsus formasini Çiroqçi tumanida yaşovçi tikuvçi ayoldan 100 ming sömga sotib olganini ma’lum qiladi.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.