Jahon | 10:32 / 22.02.2022
9849
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston DXR va LXR masalasida betaraflikka amal qiladi - Muxtor Tleuberdi

Mamlakat bu hududlarning mustaqilligini tan olishni rejalashtirmayapti.

Foto: Qozog‘iston TIV

Qozog‘iston tomonidan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasini tan olish masalasi kun tartibida yo‘q. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi seshanba kuni hukumat yig‘ilishi chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Bunday masala ko‘rib chiqilmayapti. Biz xalqaro huquq asoslari va BMT tamoyillariga amal qilamiz», — dedi Tleuberdi Qozog‘iston bu hududlarning mustaqilligini tan oladimi, degan savolga javob berar ekan. 

Shuningdek, u mamlakat bu masalada betaraf qolishini qayd etdi.

Qozog‘iston qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasi ham kun tartibida yo‘q, deya qo‘shimcha qildi Tleuberdi. Shu bilan birga, «hozirda Qozog‘istonning rasmiy pozitsiyasi muhokama qilinmoqda», dedi vazir.

«Rossiyaning bunday qarorga kelishi sabablarini tahlil qilish kerak. Birinchidan, g‘arb va Rossiya o‘rtasida xavfsizlik tizimi bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘qligi aniq. Ikkinchidan, normand formatidagi ishtirokchilar Minsk kelishuvlarini qanday amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro pozitsiyaga ega emas. Bu ham sabablardan biri. Uchinchi sabab: biz DXR va LXRda gumanitar inqiroz haqida gapiryapmiz. Ya’ni, qochqinlar oqimi hozir bu respublikalardan Rossiya tomon yo‘naltirilmoqda. 

Hozir Qozog‘istonning rasmiy pozitsiyasi ishlab chiqilmoqda. Yaqin bir necha soat ichida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda biz rasman o‘z pozitsiyamizni qabul qilamiz. Ammo ishontirib aytamanki, Qozog‘iston tomonidan DXR va LXRni tan olish haqida gap ketmayapti. Biz xalqaro huquq asoslaridan kelib chiqamiz», — dedi TIV rahbari. 

Avvalroq, AQShning BMTdagi vakili Putinning «imperiyalar olamiga» qaytish istagi haqida ma’lum qilgandi

Tomas-Grinfild o‘z nutqida prezident Vladimir Putinning rossiyaliklarga murojaati haqida eslatib, Moskva «Rossiya imperiyasining barcha hududlariga da’vogarlik qilishi» mumkinligidan ogohlantirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid