Qozoğistonda yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan söng Özbekistonning 14 nafar fuqarosi qölga olingan va hamon hibsda qolmoqda. Bu haqda Qozoğiston Respublikasining inson huquqlari böyiça ombudsmani Elvira Azimovaga asoslanib, Tengrinews xabar berdi.

«Ayni vaqtda ommaviy tartibsizliklar sabab hibsga olingan va tergov izolyatorlarida 18 nafar xorij fuqarosi saqlanmoqda. Ularning 14 nafari — Özbekiston, ikki nafari — Rossiya, qolgan ikki nafari esa Qirğiziston fuqarosidir», degan ombudsman.

U hibsga olinganlar saqlanayotgan yopiq muassasalar monitoringini ham e’lon qilgan. Unga köra, dastlabki kunlarda vaqtinçalik saqlaş izolyatorlari va qölga olinganlar yetkazilgan qöşimça binolarda hibsga olinganlar köpligi tufayli içimlik suvi va oziq-ovqatdan öz vaqtida foydalana olmaslik holatlari bilan boğliq muammolar kuzatilgan, keyinroq vaziyat yaxşilangan. 

Özbekiston TIV rasmiysi xabar berişiça, Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi elçixonasi Qozoğiston TIViga nota yuborgan.

«Uşbu xabarga oydinlik kiritiş uçun Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi elçixonasi Qozoğiston Taşqi işlar vazirligiga hibsga olingan Özbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortiliş sabablari töğrisida töliq ma’lumot beriş hamda Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uçun konsullik uçraşuvini taşkil etişni sörab tegişli nota yubordi», deyiladi xabarda.

Özbekistonning Nur-Sultondagi elçixonasi, şuningdek, Olma-ota va Aqtau şaharlaridagi Boş konsulxonalar Qozoğiston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada bölib turgani qayd etilgan.