Qaşqadaryo viloyati Ekologiya boşqarmasining xabar berişiça, boşqarmaga Qarşi tumanida daraxtlar kesib taşlanayotgani haqida murojaat bölgan. Ekologiya inspektorlari tomonidan murojaat joyiga çiqib örganilgan.

Örganiş davomida Qarşi tumani “Yangi hayot” MFY hududida ariq qaziş jarayonida köp yillik daraxtlar maxsus texnika yordamida ildizi bilan qöporib taşlagani aniqlangan.

Jumladan, 4 dona aylant va 6 dona tut daraxtlari qöporib olinib, bölaklarga bölib taşlangan. Nobud qilingan daraxtlar dalolatnoma asosida 59-sonli umumiy örta ta’lim maktabiga topşirilgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 1 million 350 ming söm jarima hamda 92 million söm zarar qöllanilgan.

Qayd etilişiça “Yangi hayot” MFY hududidagi ariq böyida ösib turgan 1 dona tut, 1 dona aylant va 45 dona terak daraxtlari kesib taşlanişdan saqlab qolingan.

Foto: Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi axborot xizmati
Foto: Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi axborot xizmati

Eslatib ötamiz, avvalroq Qarşi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Şuningdek, Andijonda tuğuruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib taşlangan. Bundan taşqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Çinobod köçalari kesişmasida ekilgan eldor qarağaylari keçki payt noma’lum şaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toşkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan