O‘zbekiston | 12:24 / 24.02.2022
16071
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Iqtisodiyotimiz orqali mudofaamizni mustahkam qilib, vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz zarur

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifining ikkinchi kunida Qorao‘zak va Beruniy tumanlariga bordi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Times

Davlat rahbari Beruniy tumani hududida qurilishi rejalashtirilgan shamol elektrstansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida bir guruh faollar bilan muloqot qildi.

“Dunyo soat sayin o‘zgarib, tahlikali bo‘lib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz orqali mudofaamizni mustahkam qilib, vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz zarur.

Biz o‘z yerlarimizdan unumli foydalana olmayapmiz.  Qoraqalpoq yeri hududning 2 mln aholisini bemalol boqa oladi. Ko‘p narsa endi o‘zimizga bog‘liq, kechagidek yashashga haqqimiz yo‘q, oldinga intilishimiz kerak. Baribir hamma narsaning tagida ilm turibdi. Yangi tizim boshlayapmiz. 424 ta mahallaga iqtisodchi, hokim yordamchilarini berdik. Har bir mahallaning eng quyi qismigacha kirib boramiz. 

Kecha ko‘p hokim yordamchilari bilan gaplashdim. Ularning ko‘zlari yonib turibdi, ular ishlamoqchi. Ularga sharoit yaratib berish kerak. Shuning uchun o‘zim kelib sizlar bilan uchrashyapman. Har bir hududning o‘sish nuqtalarini aniqlab olishimiz kelajakda qilinadigan ishlarga katta zamin yaratadi. Agar biz oldingiday qog‘ozbozlik qilsak natija bo‘lmasligini hammamiz ko‘rdik.

Shuning uchun 424 ta mahallaning o‘zining o‘sish nuqtalarini topib, sharoit yaratib berishimiz kerak”, dedi prezident yig‘ilganlarga qarata.

Mavzuga oid