Fransiyaning Toşkentdagi arzon narxdagi Bi1 dökonlar tarmoği mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
|14:00 / 25.02.202217 1826 min
Reklama
Foto: bi1Foto: bi1
Fransiyaning xalqaro Schiever kompaniyasi poytaxtimizdagi faoliyatini yanada kenagaytirib bormoqda: Çilonzor tumanida Bi1 dökonlar tarmoğining yana bir filiali işga tuşdi. Şu munosabat bilan Bi1 brendi ostida mahsulotlar işlab çiqaruvçi hamkorlar, jurnalistlar hamda mahalliy aholi iştirokida rasmiy oçiliş marosimi taşkil etildi.
Schiever kompaniya guruhiga quyidagi brendlar kiradi: Bi1, Auchan/Aşan va Kiabi (ikkisi ham franşiza ostida), Schiever Déco, Hôli va boşqalar. Bi1 dökonlarida kundalik ehtiyoj uçun zarur odatiy tovarlardan taşqari siz Bi1 şaxsiy savdo belgisi ostida çiqarilayotgan 13 xil yangiça mukammal özbekça brend mahsulotlaridan xarid qilişingiz mumkin.
Barça mahsulotlar özimizda, Özbekistonda Yevropa standartlariga mos ravişda işlab çiqarilgan bölib, dunyoning yetakçi mahsulotlari körsatkiçlari bilan ta’m va sifat borasida bemalol bellaşa oladi. Dökondan siz istalgan turdagi oziq-ovqat – sut, göşt, un, konserva, sabzavot, attorlik buyumlari, bolalar uçun tovarlar va boşqa mahsulotlarni topa olasiz.
Bi1 dökonlarining qisqa fursat içida köplab mijozlar könglidan joy olayotganining siri nimada? Bu savolimizga oçiliş marosimi vaqtida Schiever Uzbekistan Xaridlar bölimi rahbari (bu vaqtga qadar 9 yil Rossiyadagi «Aşan»da ÖSB (öz savdo belgisi) Xaridlar bölimini boşqargan) Olga Kondrateva javob berdi:
“Bi1 dökonlari juda kamtarona va minimalistik körinişga ega. Şu sababli, har bir dökon qulayroq körinadi, bu odamlarni narsalar sotib olişdan çalğitmaydi, tanlaş osonroq böladi. Mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikda SCHIEVER kompaniyasi 850 turdagimahsulotlar va 13 xil şaxsiy tovar belgisini işlab çiqdik. Buning uçun Özbekistondagi 700ga yaqin işlab çiqaruvçilar bilan muzokaralar ötkazib, ularning orasida 110 ta kompaniya bilan şartnoma imzoladik”.
Mavzuga oid
Milliy brendlar Yevropa sifati bilan uyğunlikda
Bi1 yana bir asosiy ajralib turuvçi jihati – har bir mahsulot faqat özimizda, Özbekistonda mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqariladi. Bu esa Schiver kompaniyasi faoliyatining asosiy ustuvorligidir. Şaxsiy brendlar ostida işlab çiqarilgan barça mahsulotlar sifat nazoratining uç bosqiçidan ötadi: degustatsiya, laboratoriya tadqiqotlari, işlab çiqariş auditlari.
Barça mahsulotlar Yevropa standartlariga mos ravişda işlab çiqarilgan bölib, dunyoning yetakçi mahsulotlari körsatkiçlari bilan ta’m va sifat borasida bemalol bellaşa oladi. Dökonda siz Bi1’ning şaxsiy savdo belgisi ostidagi istalgan turdagi oziq-ovqat – sut, göşt, un, konserva, sabzavot, attorlik buyumlari, bolalar uçun tovarlar va boşqa mahsulotlarni topişingiz mumkin.
Arzon, qulay, yoqimli xarid
SCHIEVER mijozlarga mahsulotlarni arzon narxlarda taklif etadi. Kompaniya joriy yil yakuniga qadar tarmoqlar sonini köpaytirib, poytaxtning boşqa hududlarida ham Bi1 dökonlarini oçişni rejalaştirgan. Eng muhimi, dökonlar uyingizga yaqin hududda joylaşadi va siz bir zumda şinam dökondagi keng assortimentlar orasidan özingizga zarur mahsulotlarni xarid qilişingiz mumkin böladi.
Biz bilan hamkor böl!
SCHIEVER mana şunday şior bilan Özbekistondagi katta va kiçik işlab çiqaruvçilarni işonçli hamkorlikka çorlaydi. Bundan mahalliy kompaniyalar ham manfaatdordir. Sababi, ular uçun şaxsiy savdo brendlarini yaratiş imkoni beriladi — mahsulotni reklama qiliş xarajatlari tannarxdan çiqarib taşlangani sababli tovarlar arzonroq sotiladi. Şuningdek, Bi1 bilan hamkorlik orqali işlab çiqaruvçilar mahsulotlarni xorijga ham eksport qiliş imkoniga ega bölişadi.
Hasan Majidov, 40 ortiq turdagi quruq mevalar, yonğoq, asal mahsulotlarini qayta işlab çiqaruvçi VITA BOOM kompaniyasi moliyaviy rahbari:
“Biz hozirgi kunga qadar Özbekistondagi 3 ta eng katta supermarketlar tarmoği bilan işlab kelamiz. Bi1 bilan hamkorlik bizga, avvalo, xalqaro tajribadir. Şu bilan birga, bu öziga yaraşa katta mas’uliyatdir. Kompaniya Yevropa standartlariga yondoşiş talab etadi. Biz har bir mahsulot öramining sifati, ölçamlariga qattiq e’tibor qaratamiz. Bundan taşqari, Bi1 bilan biz ÖSB tamoyili böyiça hamkorlik qilamiz va u Özbekistondagi öz savdo belgisi (ÖSB) sohasida yetakçi kompaniyalardan biridir”.
Ahror Mahmudov, “Shirin-shakar” biznes fabrikasining menejyeri: “Bi1 dökoni ta’sisçilari, rahbariyatiga minnatdorçilik bildiramiz. Sababi, dökonda barça mahsulotlar sifatli, narxlari ham ançayin arzon. Biz özaro hamkorlikdan juda ham mamnunmiz. Kompaniya bilan özaro kelişgan holda yangi qadoqdagi “Tanaffus” nomi ostida mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöydik. Biz tez kunlarda mahsulotlarimiz qatorida yangi keks şirinliklarini ham yetkazib berişni rejalaştirganmiz”.
Bi1 işlab çiqariş sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlagan holda yangi işçi örinlarini yaratişni, şuningdek, joriy yilda dökonlar sonini yanada oşirişni maqsad qilgan. 2022 yilda tarmoq dökonlar sonini 40, 2023 yilda esa 200gaça kengaytirişni rejalaştirgan.
Manzil: Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Qatortol köçasi, 37A uy