Bi1 dökonlar tarmoği Tojikistonga Bi1 brendiga tegişli mahsulotlarni eksport qilişni yölga qöydi. Auchan va Bi1 dökonlarida özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning 340 nomdagi mahsulotlari sotiladi.

28 iyun kuni Schiever prezidenti hamda yirik OAV vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.Tadbir Özbekiston bozoriga 2021 yilda kirib kelgan Fransiyaning Bi1 dökonlar tarmoği omborida ötkazildi. Bu yerda iştirokçilar omborxona faoliyati va Tojikistonga eksport uçun yuborilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanişişdi.

Schiever kompaniya guruhiga Bi1, Auchan/Aşan va Kiabi (ikkisi ham franşiza ostida), Schiever Déco, Holi va boşqa brendlar kiradi. Bugungi kunda Schiever dunyoning 4 davlatida (Fransiya, Polşa, Özbekiston va Tojikiston) faoliyat yuritadi. Ayni paytda Toşkentda Bi1 brendi ostida 8ta dökon mavjud. Ayniqsa, xaridorlarga şu brend savdo belgisi bilan işlab çiqarilgan 13 ta töplamdagi mahsulotlar yaratildi. Mazkur töplamlarda 900 ga yaqin oziq-ovqat va boşqalarni köriş mumkin. Har bir mahsulot sifat nazoratining bir neçta bosqiç: degustatsiya, işlab çiqariş auditi va laboratoriya tekşiruvlaridan ötkaziladi.

Schiever Uzbekistan Xaridlar bölimi rahbari (bu vaqtga qadar 9 yil Rossiyadagi «Aşan»da ÖSB (öz savdo belgisi) Xaridlar bölimini boşqargan) Olga Kondrateva Bi1 savdo belgisida yaratilgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Korxona mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş bilan birga öz mahsulotlarini eksport qilişni ham yölga qöymoqda. Birinçi eksport uçun Tojikiston tanlandi.
Özbekistonda çakana savdo tarixida ilk marta xususiy savdo belgisiga ega mahsulotlarning yirik eksporti amalga oşirildi. “Qandolat mahsulotlari”, “Quruq nonuştalar”, “Çoy, kofe, içimliklar”, “Bolalar uçun oziq-ovqat va mahsulotlar”, “Sabzavot va meva konservalari”, “Ziravorlar”, “Gazaklar”, “Uy hayvonlari uçun yeguliklar”, “Maişiy kimyo va uy-rözğor buyumlari”, “Töqimaçilik” töplamlarida 340 nomdagi 90 ming dona mahsulotlar qöşni davlatga yuborildi. Bu mahsulotlarning barçasi 60 ta mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqariladi va muvofiqlik sertifikatiga ega. Özbekistonda yaratilgan 10 ta xususiy savdo belgili mahsulotlar Tojikistondagi Bi1 va Auchan dökonlarida taqdim etiladi. Xaridorlarga qulaylik yaratiş maqsadida har bir qadoqda özbek, rus va tojik tillarida ma’lumotlar mavjud. Keyingi eksport töplamiga yangi oziq-ovqat mahsulotlari va maxsus jihozlarni kiritiş rejalaştirilgan.

















