bi1 dökonlar tarmoğining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan yangi filiali oçiliş marosimi bölib ötdi.

bi1 dökonlar tarmoği iste’molçilarga rözğorbop dökonlar formatini taklif qiladi. Bu yerda yuqori sifatli mahsulotlar arzon narxlarda sotiladi. Öziga xosligi şundaki, dökonda taniqli brendlarga tegişli mahsulotlardan taşqari, Özbekistondagi şaxsiy savdo belgili mahsulotlarning eng katta assortimentini (bi1 savdo belgisi ostidagi mahsulotlar) taqdim etadi. Ayni paytda bi1 dökonlarida eksklyuziv mahsulotlar soni deyarli 1000 ga yetdi.

2022 yilda bi1 qanday işladi?

Fransuz dökonlar tarmoğining Özbekistondagi faoliyatida 2022 yil muvaffaqiyatli yakunlandi. Har kuni minglab poytaxt aholisi xarid uçun bi1’ni tanlaydi. Tarmoq böylab poytaxtning Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlarida 27 ta filial iş olib bormoqda. Şunday filiallardan biri endi Mirzo Uluğbek tumanida ham iş boşladi. Filiallar sut mahsulotlaridan tortib bolalar va uy-rözğor buyumlariga qadar keng turdagi mahsulotlarni taqdim etadi. 

Ötgan yilda fransuz dökonlar tarmoği Özbekistonda birinçi bölib bi1 mahsulotlarini xorijga eksport qilişni yölga qöydi. Bunda Tojikiston eksport uçun hamkorlik yölga qöyilgan birinçi mamlakat böldi.

Bundan taşqari 2022 yilda bi1 brendi Toşkent xalqaro TAF – 2022 festivalida 3 yönalişda ğolib deb topildi. Dökonlar tarmoğining olib borayotgan faoliyati:

 “Brending” nominatsiyasida tomoşabinlar tanlovi asosida - oltin;

“Yangi mahsulot yoki xizmatni işga tuşiriş” nominatsiyasida tomoşabinlar va professional hakamlar tomonidan 2 ta bronza mukofotiga loyiq körildi.

MDH va Yevropaning eng yaxşi mutaxassislaridan biri, Fransiyaning Auchan gipermarketlari tarmoğida töqqiz yillik tajribaga ega Olga Kondrateva Özbekistonda bi1 kompaniyasining eksklyuziv mahsulotlarini yaratiş ustida işlamoqda.