Toşkent şahar hokimining “Toşkent şahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: regulation.gov

Toşkent şahrida avtobus bekatlari namunaviy loyihasini yölovçilar, şu jumladan, aholining imkoniyati çeklangan guruhlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratilişini inobatga olgan holda işlab çiqiş hamda mazkur bekatlar joylaştiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinçalik foydalanişga beriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan.

Quyidagilar:

  • Toşkent şahridagi avtobus oraliq bekatlari namunaviy loyihasi; 
  • avtobus bekatlari joylaştiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinçalik foydalanişga beriş töğrisidagi nizom;
  • avtobus bekatlari joylaştiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinçalik foydalanişga beriş mexanizmi tasdiqlanadi.

Toşkent şahar hokimi örinbosari, Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasi, Toşkent şahar Transport boşqarmasi, Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi va tuman hokimliklari Toşkent şahri hududidagi mavjud avtobus bekatlari joylaştiriladigan hududlarni xatlovdan ötkazib, avtobus oraliq bekatlari röyxatini şakllantiradi.

Işlab çiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toşkent şahridagi 280 ta avtobus bekatlari 2022 yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylaştiriladi.