Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim va Babayandan muxlislarga murojaat, Elgujadan raqs, muxlislardan super atmosfera - «Navbahor» taqdimot marosimini o‘tkazdi
27 fevral kuni Namangandagi «Pahlavon» sport majmuasida «Navbahor» jamoasining yangi mavsum uchun taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda klub vakillari bilan birga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi. Rasmiylar futbolchilarga yangi mavsumda to‘p tepadigan raqamlari yozilgan futbolkalarni topshirishdi.

Marosimda «Navbahor» bosh murabbiyi Samvel Babayan, jamoa sardori Azim Ahmedov hamda gruziyalik yarimhimoyachi Elguja Grigalashvilar so‘zga chiqishdi. Ayniqsa, gruziyalik legionerning chiqishi, so‘zlari muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov so‘zga chiqib, «Navbahor»ning shonli tarixini tiklash maqsadida jamoa tarkibi tajribali va mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirilib, jamoa oldiga yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilganligini ta’kidlab, jamoaga omad tiladi.

Tasvirchi va montaj ustasi — Boymirza Xalilov
Mavzuga oid
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
17:44 / 01.12.2025
Samvel Babayan «Andijon» klubi bosh murabbiyi bo‘ldi
15:31 / 01.12.2025