Vazirlik fuqarolardan bu xabarga ishonmaslikni so‘radi. “Maxsus aviareyslar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz”, – deyiladi rasmiy axborotda.

“Hozirda Polshaning Katovitse shahridan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo‘natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda” – deya qo‘shimcha qilgan Transport vazirligi axborot xizmati.

Dastlabki evakuatsiya guruhi yaqin soatlarda Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgani, hech kim jabrlanmagani ma’lum qilingandi.