Özbekistonda Xotin-qizlar va oila işlari qömitasi taşkil etildi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida deputatlar Zulayho Mahkamovaning nomzodini boş vazir örinbosari — Xotin-qizlar va oila işlari qömitasi rahbarligiga ma’qullaşdi. Bu haqda «Nigoh» kanali xabar berdi.
Zulayho Mahkamova 1968 yilda Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida tuğilgan. 1989 yili Namangan davlat pedagogika instituti va keyinçalik Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi öqituvçi-pedagog.
U turli yillarda Yangiqörğon tumani hokimligida turli lavozimlarda işlagan, Namangan viloyati kasaba uyuşma taşkilotlari birlaşmasi raisi, Namangan viloyati hokimi örinbosari - viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
U 2018 yilning aprel oyidan Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. Qömita tugatilgaç, 2020 yil 4 martida Namangan viloyati Töraqörğon tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

















