«Özaviatsiya» agentligining xabar berişiça, 2022 yil 28 fevral kuni “IrAero” aviakompaniyasi tomonidan Samarqand – Irkutsk yönalişi böyiça Sukhoi Superjet 100 samolyoti bilan IAYe598 raqamli charter parvozi amalga oşirilgan.
Aniqlanişiça, Samarqand aeroportidan jönab ketişdan oldin, samolyot ekipaji tomonidan marşrutdagi şamolning tezligi va yönalişini hisobga olgan holda yetarliça yonilği quyiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Şu sababli ekipaj a’zolari Samarqand aeroportidan jami 90 nafar yölovçi va 423 kg yuk bilan uçib ketişgan. Uşbu samolyotda öşa kuni uçiş vazni çegaralangani sababli 61 nafar yölovçining bagaji Samarqand aeroportida bortga ortilmagan.
“IrAero” aviakompaniyasidan olingan ma’lumotlarga köra, yölovçilarning qolib ketgan bagajlarini “Sibir” aviakompaniyasining 2022 yil 2 martiga rejalaştirilgan Samarqand-Irkutsk yönalişidagi charter parvozi bilan yetkazilişiga kelişilgan.

















