6 martdan boşlab Ozarboyjon aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni töxtatadi. Bu haqda «Ozarboyjon havo yöllari» milliy aviakompaniyasi (AZAL) ma’lum qildi.

«Ertadan boşlab xalqaro parvozlarni amalga oşirişda yuzaga keladigan xatarlar sababli Rosaviatsiya tavsiyasiga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining Ozarboyjonga parvozlari noma’lum muddatga töxtatiladi. Bu özgariş Ozarboyjon milliy aviataşuvçisiga ham taalluqli», — deyiladi xabarda.

Kompaniyaning bildirişiça, xalqaro parvozlarda töliq suğurta himoyasining mavjud emasligi «mamlakatlarimiz fuqarolari, aviakompaniyalari va boşqa yuridik şaxslariga xavf tuğdiradi».

«Yuqoridagilardan kelib çiqib, «Ozarboyjon havo yöllari» va Buta Airways 6 martdan boşlab Rossiya Federatsiyasining barça şaharlariga parvozlarni vaqtinçalik töxtatadi», — deb ma’lum qilgan aviakompaniya.

Bekor qilingan reyslar yölovçilari parvoz muddatini özgartirişlari yoki çipta uçun tölangan pullarini qaytarib olişlari mumkinligi aytilgan.