Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bölib, u yerda davolanayotgan xotin-qizlar holidan xabar oldi.

Vazir taşrif davomida bemor ayollar bilan suhbatlaşib, ularni bayram bilan samimiy qutladi. Yurtimizda xotin-qizlar salomatligini asraş hukumatning alohida e’tiborida ekanini ta’kidlab, ularga xastalikdan tezroq soğayib ketişlarini tiladi. Şundan söng ayollarga vazirlikning bayram sovğalari topşirildi.

«Xotin-qizlarni e’zozlaş, ularga ğamxörlik qiliş barçamizning burçimiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, onani, ayolni rozi qilsak, xalq bizdan rozi böladi. Şu sababli bu yerda davolanayotgan har bir bemor, ayniqsa, uşbu dardga çalingan opa-singillarimiz biz uçun aziz va qadrli. Ularning xastalikdan tezroq soğayişi va oilasi bağriga qaytişi uçun barça çoralarni köramiz», dedi vazir.

Davlat rahbarining 2021 yil 27 maydagi «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorida uşbu markazning yangi binosini quriş böyiça bir qator vazifalar belgilangandi.

Mazkur kompleks tarkibida zamonaviy operatsion blok, zarur diagnostika uskunalari bilan jihozlangan köp funksiyali poliklinika, ilmiy tadqiqot va amaliy maşğulotlar ötkaziş uçun alohida ilmiy laboratoriya, şuningdek, bemorlarning qarindoşlari hamda yaqinlarini joylaştiriş uçun mehmonxona kabi tuzilmalar örin olişi közda tutilgan.

Markaz binosi 10 qavatli, 650 örinli bölib, 16 ta jarrohlik xonasi, reanimatsiya, davolaş va taşxis bölimlaridan iborat böladi. Şuningdek, kuniga 100 nafar bemorga xizmat körsatiş quvvatiga ega statsionar hamda 500 qatnovga möljallangan onkologiya konsultativ-diagnostika markazini quriş boşlangan.

Vazir taşrif davomida muassasada faoliyat olib borayotgan şifokor va hamşira opa-singillarimiz bilan ham uçraşib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi va şarafli hamda mas’uliyatli vazifalarida zafarlar tiladi. Qolaversa, bu yerda davolanayotgan bemorlar, xususan, xotin-qizlarga sifatli tibbiy xizmat körsatiş uçun zarur şaroitlar yaratiş böyiça mas’ullarga tegişli körsatmalar berdi.