Özbekistonning köplab hududlarida sel kelişi xavfi e’lon qilindi. “Özgidromet” tegişli axborot bilan çiqdi.
Joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğoldi va toğli hududlarida, jumladan:
- Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor, Koson, tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Yuqori Çirçiq, Piskent tumanlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalalquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Uluğnor tumanlarida sel kelişi xavfi e’lon qilindi.
Toğoldi va toğli hududlarida istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söralgan.

















