Qayd etilishicha, respublika aholi xonadonlariga 3 mln 546 ming 148 dona “aqlli” gaz hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 8 mart holatiga 2 mln 681 ming 088 ta hisoblagich o‘rnatilgan. 

Xususan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 155 029 dona (64 foiz);
  • Andijon viloyatida — 205 985 dona (93 foiz);
  • Buxoro viloyatida — 210 539 dona (80 foiz);
  • Jizzax viloyatida — 138 526 dona (96 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 127 994 dona (85 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 109 510 dona (82 foiz);
  • Namangan viloyatida — 174 537 dona (106 foiz);
  • Samarqand viloyatida — 177 722 dona (63 foiz);
  • Surxondaryo viloyatida — 92 080 dona (85 foiz);
  • Sirdaryo viloyatida — 110 326 dona (104 foiz);
  • Toshkent viloyatida — 546 617 dona (92 foiz);
  • Farg‘ona viloyatida — 218 455 dona (73 foiz);
  • Xorazm viloyatida — 161 587 dona (72 foiz);
  • Toshkent shaharda — 192 181 dona (31 foiz) gaz hisoblagich o‘rnatib bo‘lindi.

Respublika bo‘yicha gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.