“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitet ochiladi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar o‘qitiladi.
2022 yil 1 apreldan:
tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.
2022 yil 1 apreldan:
boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pulli xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi.











