Bözatov tumani maktab öqituvçilarining bilimlari diagnostikadan ötkazilgan. Xalq ta’limi vazirligining xabariga köra, natijalar 50 foizdan past körsatkiçni qayd etgan.

10 mart kuni Xalq ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev boşçiligidagi işçi guruh Bözatov tumanida öz faoliyatini davom ettirdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xabar berilişiça, “Mobil metodik guruhlar” faoliyatini rejalaştiriş doirasida tumandagi 1-, 4-umumta’lim maktablari öqituvçilaridan özlarining fan yönalişlari böyiça diagnostik testlar olingan.

Dastlabki test natijalariga köra, 1-sonli maktab öqituvçilari örtaça 49,6 foiz, 4-sonli maktab öqituvçilari örtaça 47,7 foiz natija körsatgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Endilikda mazkur maktablardagi öqituvçilarning bilimini diagnostikadan ötkaziş hamda aniqlangan böşliqlarni bartaraf etişga qaratilgan öquv maşğulotlarni taşkil etiladi.

Jumladan, 14 martdan boşlab Beruniy tumanidagi 40-, 43-maktablarda Qoraqalpoq davlat universiteti, Bözatov tumanidagi 1-, 4-maktablarda esa Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti huzuridagi “Mobil metodik guruhlar” tomonidan öquv maşğulotlari boşlanadi.