11 mart kuni keçqurun hafta davomida muttasil yoğingarçilik kuzatilgani oqibatida Buxoro şahridagi «Talipoç qal’a darvozasi» çap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tuşgan. Bu haqda Buxoro viloyat madaniy meros boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Holat yuzasidan 12 mart kuni Buxoro viloyati hokimligi, Madaniy meros hamda Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mas’ul xodimlari va boşqarmaning maxsus ekspertlaridan iborat Jamoatçilik Ilmiy maslahat kengaşi a’zolari iştirokida örganiş işlari olib borildi.

Unga köra, XVI asrga tegişli bölgan «Talipoç qal’a darvozasi»ning uşbu qismi 2003 yilda qayta tiklangan bölib, ötgan yillar davomida qal’a atrofidagi devorning çap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning çökişi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bölişi hamda joriy mart oyida kuzatilgan doimiy yoğingarçilik devorning çökişi va qulab tuşişiga olib kelgani aniqlandi.

«Şu örinda, «Talipoç qal’a darvozasi» joriy yil davomida asraşga doir işlar amalga oşiriladigan moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlarining manzilli röyxatiga kiritilgan.

Hozirda sohaga tegişli rahbarlar va mutaxassislar tomonidan mazkur obektning atrofini örab oliş, mazkur hududda yaşovçi fuqarolar va obektga taşrif buyuruvçi sayyohlar xavfsizligini ta’minlaş çoralari körildi.

Şuningdek, viloyat hokimligi va ekspertlar tomonidan obektning texnik holati örganilib, uni tez fursatda qayta tiklaş çoralarini köriş borasidagi tegişli işlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.